TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar milliy voleybol terma jamoasi jahon ikkinchisi bo‘ldi
Ikki nafar o‘yinchi turnirning orzular jamoasiga kiritildi
Turkiya 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar milliy voleybol terma jamoasi jahon ikkinchisi bo‘ldi
Turkiya 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar milliy voleybol terma jamoasi jahonda 2-o‘rinni egalladi (ARXIV)

ANKARA (AA) – Turkiyaning 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar milliy voleybol terma jamoasi jahon chempionati finalida AQSH terma jamoasiga 3:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Turkiya Voleybol federatsiyasi bayonotiga ko‘ra, yarim oy va yulduzli jamoa Chili poytaxti Santyagoda o‘tkazilgan uchrashuvda 25:23, 25:11 va 25:23 hisobidagi setlar bilan mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Zeynep Do‘g‘a Alpay turnirning eng yaxshi hujumchisi, Nejla Guzonjich esa eng yaxshi markaziy to‘siq qo‘yuvchisi sifatida musobaqaning orzular jamoasiga kiritildi.