SPORT
2 daqiqa o'qish
Basketbol bo'yicha erkaklar milliy terma jamoasi Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Turkiya basketbol terma jamoasi Yevropa saralash bosqichi 2-raund J guruhi ikkinchi o‘yinida Islandiyani 110:73 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo'lga kiritgan ilk jamoaga aylandi.
Basketbol bo'yicha erkaklar milliy terma jamoasi Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Islandiyalik raqibini mag‘lub etgan basketbol bo‘yicha erkaklar milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

A milliy erkaklar basketbol terma jamoasi FIBA 2027 Jahon kubogi Yevropa saralash bosqichi ikkinchi raund "J" guruhi doirasidagi ikkinchi o‘yinida Islandiyani safarda 110:73 hisobida mag‘lub etdi.

Natijada saralash bosqichidagi 8 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan Turkiya Jahon kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan ilk jamoaga aylandi.

Turkiya terma jamoasi Islandiya poytaxti Reykyavikdagi "Laugardalshöll" sport majmuasida o‘tkazilgan bahsning birinchi choragini kapitan Jedi Osman (Cedi Osman) va Malachi Flinn (Malachi Flynn) tomonidan kiritilgan 24 ochko evaziga 33:14 hisobidagi ustunlik bilan yakunladi.

Ikkinchi periyodda Onuralp Bitim 15 ochko to‘plab, samarali o‘yin namoyish etdi va "oy-yulduzlilar" katta tanaffusga 60:37 hisobidagi ustunlik bilan yo‘l oldi.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida ham faol o‘yinini davom ettirgan A milliy jamoasi uchinchi chorakni 80:56 hisobida oldinda tugatdi va yakunda 110:73 hisobidagi ishonchli g‘alabani rasmiylashtirdi.

Jahon kubogiga yo‘llanma olgan ilk jamoa

Turkiya FIBA 2027 Jahon kubogi saralash bahslari orqali turnir yo‘llanmasini naqd qilgan birinchi jamoa bo‘ldi.

Birinchi bosqichni 6 ta o‘yinda 6 ta g‘alaba bilan peshqadam sifatida yakunlagan "oy-yulduzlilar" jamoalarning g‘alaba va mag‘lubiyatlari ko‘rsatkichi keyingi bosqichga ko‘chirilgan turlarda ham muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.

Ikkinchi raundning dastlabki ikki uchrashuvida ham g‘alaba qozonib, umumiy hisobda 8 ta o‘yindan 8 tasida zafar quchgan hamda peshqadamlikni saqlab qolgan milliy terma jamoa Jahon kubogi yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Shu tariqa, A milliy basketbol terma jamoasi o o‘z tarixida 6-marta Jahon kubogida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Jahon kubogi saralash bosqichi doirasida milliy terma jamoa navbatdagi uchrashuvini 26-noyabr kuni safarda Italiyaga qarshi o‘tkazsa, 29-noyabr kuni o‘z maydonida Islandiyani qabul qiladi.