Isroil armiyasining sulhga qaramay G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida falastinlik yana 5 kishi halok bo‘ldi, 22 nafari yaralandi.
G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar va yaralanganlar soniga oid so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi.
Bayonotda aytilishicha, sulhga qaramay Isroil hujumlari davom etayotgan G‘azodagi shifoxonalarga so‘nggi 24 soat ichida falastinlik 5 kishining jasadi olib kelingan. Ulardan 4 nafari yangi hujumlar oqibatida halok bo‘lgan, bir kishining jasadi esa vayronalar ostidan chiqarib olingan. Shuningdek, 22 kishi yaralangan.
Bayonotda 2025 - yilning 10 - oktabrida G‘azoda sulh kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlari oqibatida 1 522 kishi halok bo‘lgani, 5 421 kishi yaralangani ma’lum qilindi. Shu davr mobaynida vayronalar ostidan 839 nafar halok bo‘lgan kishining jasadi chiqarib olingani qayd etildi.
Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni jami 74 ming 480 nafarga yetgani, yaralanganlar soni esa 175 ming 539 nafarga ko‘tarilgani bildirildi.
G‘azo sektorida vayronalar ostida haligacha minglab halok bo‘lgan kishilarning jasadlari qolayotgani aytilmoqda.
























