Sulh bitimiga qaramay Isroil hujumlari davom etayotgan G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida 5 kishi halok bo‘ldi.
G‘azodagi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, Isroil tomonidan 2023 - yilning oktabr oyidan beri mintaqaga qarshi uyushtirilgan hujumlarda qayd etilgan qurbonlar soni bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar taqdim etildi.
Unda, eng avvalo, G‘azoda so‘nggi 24 soat ichida 5 kishining jasadi shifoxonalarga olib borilgani va 25 kishi yaralangani bildirildi.
Shuningdek, mintaqada 2025 - yilning 10 - oktabrida sulh yoki otashkesim kuchga kirganidan beri Isroil hujumlarida 1399 kishi halok bo‘lgani, 4863 kishi yaralangani qayd etildi.
Bayonot yakunida Isroil tomonidan 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jami qurbonlar soni 73 919 nafarga, yaradorlar soni esa 174 977 nafarga yetgani bildirildi.
G‘azo sektorida vayronalar ostida haligacha minglab marhumlarning jasadlari qolayotgani aytilmoqda.























