MADANIYAT
1 daqiqa o'qish
Konstantinos Argiros Anqarada konsert berdi
Gretsiyalik taniqli san'atkor Konstantinos Argiros kecha, 4-noyabr kuni poytaxt Anqaradagi Congresium saroyida konsert berdi.
Konstantinos Argiros Anqarada konsert berdi
Yunan sanatçı Konstantinos Argiros konser verdi

Gretsiyalik qoʻshiqchi Konstantinos Argiros 4-noyabr kuni Anqaradagi Congresium saroyida konsert berdi.

Chiptalari toʻliq sotib boʻlingan konsertda Argiros ikki soat davomida oʻzining mashhur qoʻshiqlarini kuyladi.

Epifoni va Sinkron hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sanʼatkor yunon musiqasining eng mashhur tarona va ohanglarini ijro etdi.

Konsert davomida muxlislar qoʻshiqlarga qoʻshilib kuylashdi, zalda raqs va musiqa ohangida koʻtarinki kayfiyat hukm surdi.

Bundan oldin Istanbulda konsert bergan Argiros bu safar Ankaradagi muxlislari bilan diydor koʻrishdi.

Ikki soat davom etgan ushbu konsert sanʼatkorning Turkiyadagi muxlislari bilan uchrashuvlariga yana bir yorqin voqea sifatida qoʻshildi.