DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh Ukrainaga mudofaa sohasida 2,1 milliard dollarlik ehtimoliy savdoni ma’qulladi
ANKARA (AA) — AQSh Ukrainaning mudofaa salohiyatini oshirishga qaratilgan 2,1 milliard dollarlik ehtimoliy savdoni ma’qulladi.
AQSh Ukrainaga mudofaa sohasida 2,1 milliard dollarlik ehtimoliy savdoni ma’qulladi
США одобрили продажу Украине оборудования для систем Hawk на $108 млн

AQSh Davlat departamenti bayonotida ushbu savdo Ukraina xavfsizligini mustahkamlash orqali AQShning tashqi siyosat va milliy xavfsizlik maqsadlariga xizmat qilishi bildirildi.

Savdo doirasida Ukrainaga 500 ta PAC-3 rusumli raketa va tegishli uskunalarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda. Bayonotda ushbu qurollar xarajati “to‘liq hamkorlar va ittifoqchilar tomonidan qoplanishi” qayd etildi.

“Ukraina ushbu xarajatlarni JUMPSTART dasturi orqali Kanada, Germaniya va Norvegiyadan keladigan xayriyalar hamda Yevropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlash krediti hisobidan moliyalashtiriladigan milliy mablag‘lar bilan qoplaydi”, — deyiladi bayonotda.

Mazkur savdo uchun AQSh mablag‘lari ishlatilmasligi ta’kidlandi. AQShning Lockheed Martin mudofaa kompaniyasi asosiy pudratchi bo‘lishi ma’lum qilindi.

Boxabar bo'ling!