DUNYO
3 daqiqa o'qish
Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida IHT hujumlari avj oldi
Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida insonsiz havo transportlari (IHT) yoki dron hujumlari avj oldi, Starlink aloqasi tiklandi.
Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida IHT hujumlari avj oldi
_

Shanba kuni Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi Xarkov viloyati hududiga qarshi uyushtirgan hujumida kamida uch kishi halok bo‘ldi, bir kishi og‘ir yaralandi.

Rossiya tomonidan viloyatga rahbar etib tayinlangan Vitaliy Ganchov Telegram orqali bergan bayonotida: «Xarkov viloyatidagi Piski qishlog‘ida Ukraina dronining avtomobilga qarshi uyushtirgan hujumi oqibatida tinch aholidan uch kishi halok bo‘ldi, bir ayol esa og‘ir yaralandi», - dedi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tun davomida mamlakatning 20 dan ortiq hududida jami 616 ta Ukraina droni urib tushirilganini ma’lum qildi.

Mahalliy Rossiya rasmiylari urib tushirilgan dronlarning qoldiqlari sababli ko‘plab odamlar yaralangani va yong‘inlar kelib chiqqanini bildirdi.

Rossiyaning janubi - sharqida, Volga daryosi bo‘yida joylashgan Tolyatti shahrida ham dron hujumlari oqibatida sanoat infratuzilmasiga ziyon yetdi.

Shahar meri Ilya Suxix hujumlar shahardagi sanoat korxonalariga ziyon yetkazganini ma’lum qildi.

Rossiya rasmiylari Moskva shahridan taxminan 370 kilometr janubi - g‘arbda joylashgan Oryol shahrida juma oqshomida zavodga qarshi uyushtirilgan hujum ortidan vayronalar ostidan uch kishining jasadi olib chiqilganini bildirdi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra hujumda og‘ir yaralangan besh kishi ham reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Ukraina Harbiy - havo kuchlari esa, Rossiya tun davomida mamlakat hududiga qarshi kamida 126 ta dron yuborgani, ulardan 101 tasi urib tushirilganini ma’lum qildi.

Favqulodda vaziyatlar xizmati Kiyev shahrida ikki kishi yaralanganini bildirdi.

Ukrainaning hujumi bosib olingan Qrimda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga yo‘l ochdi

Rossiya rasmiylari Ukraina tomonidan shanba kuni uyushtirilgan boshqa hujumi bosib olingan Qrimda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga yo‘l ochganii ma’lum qildi. Shu kuni Rossiyaning janubi - sharqiy hududlari ham kuchli dron hujumlariga uchradi.

Rossiya tomonidan Qrim rahbari etib tayinlangan Sergey Aksyonov Telegram orqali bergan bayonotida: «Hududimiz tashqarisidagi asosiy elektr tarmoqlarida dushmanning dron hujumi tufayli yuz bergan hodisa natijasida elektr energiyasi va suv ta’minotiga cheklovlar joriy etildi», - dedi.

Aksyonov 2,5 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Qrimda uzilishlardan qancha xonadon ziyon ko‘rgani haqida ma’lumot bermadi.

Rossiya 2014 - yili Ukrainadan anneksiya qilib olgan Qrim yarimoroli, muntazam ravishda Ukraina hujumlariga nishon bo‘lmoqda.

Ukraina Starlink va Starshield tizimlari soatiga 400 kilometrdan ortiq tezlikda ishlayotganini ma’lum qildi

Ukraina Mudofaa vaziri Yevheniy Xmara bir haftadan ortiq davom etgan cheklovlar ortdidan Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi va uning harbiy versiyasi bo‘lgan Starshield yana soatiga 400 kilometrdan ortiq tezlikda ishlay boshlaganini ma’lum qildi.

Ulanish tezligini pasaytirib, harbiy operatsiyalarga xalaqit bergan cheklovlardan so‘ng shanba kuni jurnalistlar bilan suhbatlashgan Xmara: «Mudofaa vazirligining monitoring tizimlari Starlink va Starshield odatdagi ish tezligiga qaytganini ko‘rsatmoqda. Soatiga 400 kilometrdan ortiq tezlik qayd etilmoqda. Aloqa barqaror» - dedi.

Ukraina armiyasi tizimlar ishlay oladigan eng yuqori tezlikni oshkor qilmadi. Mudofaa vazirligi ham xizmatlar to‘liq normal holatga qaytgan - qaytmagani haqida ma’lumot bermadi.

Vazirlik bayonotida: «Monitoring tizimlari avvalroq Starlink va Starshield xizmatlarida uzilishlarni aniqlagan edi. Hozir tezlik ko‘rsatkichlari me’yoriy darajaga qaytdi», - deyiladi.

Ilk bor 14 - oktabr kuni xabar qilingan cheklovlar Ukrainaning Rossiya hujumchi dronlarini to‘xtatish imkoniyatlarini zaiflashtirgan, front chizig‘idagi aloqani ham izdan chiqargan edi.

Manbalarga ko‘ra tizimlarning ishlash tezligi soatiga taxminan 160 kilometrgacha yoki undan ham past darajagacha tushirilgan edi.

Ukrainaning SpaceX kompaniyasiga tegishli Starlink tizimi bilan bog‘liq muammolari, AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiyadan dizel yoqilg‘isi sotib olish bo‘yicha kelishuvni e’lon qilgan va Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etishdan voz kechganidan keyin yuzaga keldi.

Shu davrda Tramp Ukrainaga Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga qarshi hujumlarini to‘xtatish uchun ham bosim o‘tkazayotgan edi.

SpaceX kompaniyasi egasi Ilon Mask ham, AQSh hukumati ham Ukrainadagi Starlink yoki Starshield xizmatlariga cheklovlar qo‘yilgani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Har ikki tomon jamoatchilikka bergan bayonotlarida bunday qarorni faqat boshqa tomon qabul qilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.