Turkiya Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan G - 20 tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishidagi ishtiroki va uchrashuvlarini baholadi.
Hakan Fidan 30–31-oktabr kunlari Atlantada bo‘lib o‘tgan G – 20 tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi ortidan NSosyal ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post qoldirib, unda, yig‘ilish doirasida ishtirok etgan sessiyalari va o‘tkazgan uchrashuvlarini baholadi.
«Geosiyosiy keskinliklar», «Energetika» va «Ta’minot zanjirlari» mavzularida o‘tkazilgan sessiyalarda duch kelinayotgan muammolarning o‘zaro bog‘liqligi hamda ularning global miqyosdagi ta’siri muhokama qilinganini bildirgan Hakan Fidan, yuqorida nomi tilga olingan postida mavzu haqida:
«Turkiyaning ustuvor yo‘nalishlari va muammolarni hal etish bo‘yicha takliflarimizni hamkorlarimiz bilan o‘rtoqlashdik. Uchrashgan hamkasb vazirlarimiz bilan ikki tomonlama munosabatlarimiz va umumiy kun tartibimizni muhokama qildik. Mehmondo‘stligi uchun AQSh Davlat kotibi Rubioga minnatdorlik bildiraman.
Turkiya sifatida global masalalarda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olish, ko‘p tomonlama hamkorlik, hamjihatlik va diplomatiyani qo‘llab - quvvatlash orqali xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shishda davom etamiz», - degan ifodalarga o‘rin berdi.




























