TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Vazir Fidan: Mintaqaviy masalalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishda davom etamiz
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Turkiya mintaqaviy masalalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishda davom etishini bildirdi.
Vazir Fidan: Mintaqaviy masalalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishda davom etamiz
Vazir Fidan R4 va R4+E3 yigʻilishlaridan soʻng Istanbuldagi matbuot anjumanida nutq soʻzladi

Tashqi ishlar vaziri Fidan NSosyal sahifasida Istanbulda o‘tkazilgan R4 (Turkiya, Misr, Pokiston, Saudiya Arabistoni) hamda Italiya ham ishtirok etgan R4+E3 (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya) tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishlariga oid xabar bilan bo‘lishdi.

Vazir Fidan Istanbulda Pokiston, Saudiya Arabistoni va misrlik hamkasblari bilan o‘tkazilgan R4 yig‘ilishidan so‘ng Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya tashqi ishlar vazirlari ishtirokida sakkiz mamlakatni birlashtirgan muhim tadbirga mezbonlik qilganlarini bildirdi.

Yig‘ilishda Yaqin Sharq va Yevropadagi o‘zaro bog‘liq barcha muammo va mojarolarni muhokama qilganlarini aytgan Fidan, kelishmovchiliklarni hal etishda mintaqa mamlakatlari mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi hamda ularni muloqot va diplomatiya orqali bartaraf etish borasida yakdil fikrga kelganlarini qayd etdi.

Yig‘ilishda ishtirok etgan hamkasblariga minnatdorlik bildirgan vazir Fidan shunday dedi:

“Biz tashabbus ko‘rsatgan ushbu jarayon izchil davom etishini, mintaqamizda va undan tashqarida tinchlik hamda barqarorlikka hissa qo‘shishini tilaymiz. Turkiya sifatida ikki geografik hudud o‘rtasidagi markaziy o‘rnimiz bilan mintaqaviy masalalarni hal etishda mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishda davom etamiz”.