G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroilning qoidabuzarliklari davom etmoqda
Isroil kuchlari va noqonuniy ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda bir qator hujumlar uyushtirdi.
Isroilning qoidabuzarliklari davom etmoqda
_

Wafa axborot agentligining xabar berishicha Isroil kuchlari bilan noqonuniy ko‘chmanchilar bosib olingan G‘arbiy Sohilda bir qator hujumlarni amalga oshirgan. Ular orasida zaytun hosilini yig‘ayotgan falastinliklarga hujum qilish, ko‘chmanchilar chodirlari va qishloq xo‘jaligi yerlariga o‘t qo‘yish, shuningdek, turli hududlarga bostirib kirish holatlari qayd etilgan.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra Isroil kuchlari Ramalloh shahridan shimoli - sharqda joylashgan Abu Falah qishlog‘idan falastinliklarning zaytun hosilini yig‘ish uchun o‘z yerlariga kirish talablarini qo‘llab - quvvatlashga harakat qilgan o‘nlab xorijlik faollar va bir necha jurnalistni kuch bilan olib chiqib ketgan.

Boshqa bir voqeada esa Isroilning noqonuniy ko‘chmanchilari bilan harbiylari Jabal ar - Risan yaqinida falastinliklarga zaytun hosilini yig‘ishda yordam berayotgan 15 nafar xorijlik faolga hujum qilib, ularni qo‘lga olgan.

Wafa agentligi, shuningdek, noqonuniy ko‘chmanchilar yo‘ltanlamas avtomobillarda badaviylar yashaydigan aholi punktiga bostirib kirgan holda falastinliklarning uylari orasida provokatsion harakatlar qilganini bildirdi.

Bosib olingan G‘arbiy Sohilning janubida Isroil kuchlari Baytlahm yaqinidagi Sulaymon hovuzlari sayyohlik hududiga bostirib kirgan va Baytlahm gubernatorligiga kirish yo‘llarini yopgan.

Xevron shahrining janubida, Yatta yaqinidagi Huvara hududida esa Isroil ko‘chmanchilari falastinliklarning ekin maydonlari va mevali daraxtlar orasiga chorva mollarini haydab kirgan.

Wafa xabariga ko‘ra Isroil kuchlari hududga kirishidan oldin falastinlik Xalil Mahmud al - Hamamde va uning o‘g‘li Umar ko‘chmanchilar bilan to‘qnashgan. Xalil qo‘lga olingan.

G‘arbiy Sohilning markaziy qismida Isroilning noqonuniy ko‘chmanchilari Ramalloh shahridan sharqda joylashgan Burqa qishlog‘idagi yer maydoniga o‘t qo‘ygan.

Nablus shahrining janubidagi Duma qishlog‘ida esa noqonuniy ko‘chmanchilar qishloqning sharqiy qismiga hujum qilib, ko‘chmanchilar chodirlariga o‘t qo‘ygan va moddiy ziyon yetkazgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Nablus janubidagi Burin qishlog‘ida ko‘chmanchilar Sufan oilasining uyini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan elektr ustunlarini kesib tashlagan. Natijada xonadon elektr ta’minotidan uzilgan.

22 - oktabr kuni Falastin devor va aholi punktlariga qarshi kurash komissiyasi 1–21-oktabr kunlari bosib olingan G‘arbiy Sohil bo‘ylab zaytun yetishtiruvchilari, daraxtlar, yer maydonlari va qishloq xo‘jaligi texnikalariga nisbatan 409 ta hujum qayd etilganini ma’lum qildi.

Komissiya ma’lumotiga ko‘ra ushbu hujumlarning 317 tasi Isroilning noqonuniy ko‘chmanchilari, 92 tasi esa Isroil kuchlari tomonidan amalga oshirilgan.