TURKIYA
3 daqiqa o'qish
TRT World Forum: Sobaji global adolatsizlik va tekno-feodalizmni tanqid qildi
TRT Bosh direktori Mehmed Zahid Sobaji: “TRT sifatida biz bu ishonchni Muhtaram Prezidentimiz rahbarligidagi tamoyillarga asoslangan qatʼiy pozitsiyadan olmoqdamiz",-dedi.
TRT World Forum: Sobaji global adolatsizlik va tekno-feodalizmni tanqid qildi
TRT Genel Müdürü Sobacı, TRT World Forum 2026'da konuştu

TRT Bosh direktori Mehmed Zahid Sobaji: “Turkiyaning haq va adolat mezoni — TRTning efir mezonidir”

TRT Bosh direktori Mehmed Zahid Sobaji teleradiokompaniyaning qoʻlidagi eng katta sarmoya bu — ishonch ekanini taʼkidlab: “TRT sifatida biz bu ishonchni Muhtaram Prezidentimiz rahbarligidagi tamoyillarga asoslangan qatʼiy pozitsiyadan olmoqdamiz. Shuning uchun ham Turkiyaning haq va adolat mezoni — TRT’ning efir mezonidir, deymiz”, — deya bayonot berdi.

Istanbul Kongress markazida bu yil 10-marta “Markazsiz dunyo: Qoidalar oʻz kuchini yoqotganda kim yetakchilik qiladi?” mavzusida oʻtkazilayotgan TRT World Forumning ochilishida soʻzga chiqqan Sobaji, Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan tashrifi bilan yana bir bor sharaf his qilgan ushbu forumda 43 mamlakatdan 150 ga yaqin maʼruzachi va 2000 ga yaqin ishtirokchi qatnashayotganini bildirdi.

"Xalqaro huquqning ovozi qoʻpol kuch shovqini ostida yoʻqolmoqda"

Sobaji bu yilgi forum mavzusi nima uchun aynan shunday tanlanganiga toʻxtalib, dunyo qoidalar qogʻozda saqlanib qolgani bilan amalda oʻz kuchini yoʻqotgan bir davrni boshdan kechirayotganini taʼkidladi.

Bugungi kunda xalqaro huquq ovozi qoʻpol kuch shovqini ostida boʻgʻilib qolayotganini urgʻulagan TRT Bosh direktori shunday dedi:

“Ushbu tartibni saqlash uchun tuzilgan xalqaro institutlar genotsid kabi insoniyatning eng ogʻir imtihoni qarshisida ham kutilgan javobni bera olmayapti. Qoidalarni oʻrnatganlar oʻzlari chizgan chegaralardan chiqib ketayotgan bir paytda, hakamlik daʼvosidagi kuchlar adolat tarozisini kuchlilar tomoniga ogʻdirmoqda. Har bir ikki xil standart, jazosiz qolayotgan har bir huquqbuzarlik mavjud xalqaro tizim adolatni oʻrnata olishiga boʻlgan ishonchni yanada yemirmoqda.


Shu bilan birga, 1945-yildan keyin barpo etilgan global tartib markazi shiddat bilan yemirilib, boʻlinib bormoqda. Markazning yemirilishi natijasida kuch endi mintaqalar, ittifoqlar va yangi hamkorlik maydonlari oʻrtasida boʻlishilmoqda. Bugun hech bir mamlakat oʻzini dunyoning yagona markazi deb daʼvo qila olmaydi.”

"Gʻazodagi holat — prinsiplarsizlik badalidir"

Soʻnggi yillarda yuz bergan voqealar faqatgina qoʻpol kuch bilan hech qanday muammoni hal etib boʻlmasligini koʻrsatganini aytgan Sobaji, tor dunyoqarashga asoslangan, xudbin va tahakkum oʻtkazishga qaratilgan siyosat inqirozlarni yanada chuqurlashtirayotganini bildirdi.

Tadbirkorlik va hamkorlik ruhi haqida gapirar ekan, Sobaji quyidagilarni taʼkidladi:

“Qarshimizda turgan ushbu murgʻoq manzara tartibsizlik oʻrniga adolatli, barqaror va qamrovli tartibga olib kelishi uchun qoida va tamoyillar har bir tomonga bir xil izchillik bilan qoʻllanilishi, inqirozlarni hal etishda samimiy masʼuliyat oʻz boʻyniga olinishi shart. Ushbu tamoyillar hayotga tatbiq etilmaganida insoniyat toʻlayotgan badal Gʻazoda butun boʻy-basti bilan koʻrinib turibdi.


Turkiya Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdoʻgʻan boshchiligida ushbu tamoyillar asosida harakat qilmoqda va inqirozlarni hal etishda masʼuliyatni oʻz zimmasiga olmoqda.”

Rossiya va Ukrainani qayta-qayta bir stol atrofiga oʻtqazgan, Afrikadagi nizolashayotgan tomonlarni umumiy muloqotga chorlagan, Suriyada barqarorlik oʻrnatilishiga yelkadosh boʻlgan Turkiya qoʻpol kuch agʻdarib tashlagan muloqot stollarini qayta tiklayotganini aytgan Sobaji: “Bugun dunyo oʻz markazini yoʻqotgan boʻlishi mumkin, ammo yechim haqida gap ketganda qaysi eshik qoqilishini barcha juda yaxshi biladi”, — dedi.

Algoritmik vasiylik va tekno-feodalizmga qarshi kurash

Global siyosatda markaz markazlashtirilmagan bir paytda, yangi axborot muhitida aksincha markazlashuv kuzatilayotganiga eʼtibor qaratgan Sobaji, tekno-feodalizm tartibida global algoritmik vasiylik barpo etilayotganini taʼkidladi.

Uning soʻzlariga koʻra, sanoqli texnologiya kompaniyalari kim himoya qilinishi, kimning dard-alamlari koʻrsatilishi va qaysi huquqbuzarliklar eʼtiborga olinishini algoritmlar orqali belgilamoqda va bu tizimda ovozi oʻchirilayotganlar yana mazlum xalqlar boʻlmoqda.

Sobaji ushbu vasiylikka qarshi Turkiya teleradiokompaniyasi — TRT’ning burchi mazlum xalqlarning boshiga tushgan koʻrgiliklarni va Turkiyaning ular huquqini himoya qilish yoʻlidagi mardona kurashini dunyoning eng chekka burchaklarigacha yetkazish ekanini taʼkidlab, nutqini yakunladi.