G'AZODA URUSH
2 daqiqa o'qish
Isroil G‘azoda yana o‘limlar qayd etilishiga sabab bo‘ldi
Isroil, AQSh yetakchiligidagi otashkesimga qaramay yana qoidabuzarlik qildi va oqibatida G‘azoda yana o‘limlar qayd etildi.
Isroil G‘azoda yana o‘limlar qayd etilishiga sabab bo‘ldi
_

G‘azodagi Falastin Sog‘liqni Saqlash vazirligi dushanba kuni bergan bayonotida so‘nggi 24 soat ichida falastinlik yana ikki kishi halok bo‘lgani va Isroilning qariyb uch yildan beri davom etayotgan genotsidi oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 ming 786 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Kunlik statistik hisobotida vazirlik qamal ostidagi hududdagi shifoxonalarga so‘nggi 24 soat ichida yana ikki nafar marhumning jasadi hamda 25 nafar yarador olib kelinganini bildirdi.

Vazirlik o‘lim va jarohatlanish holatlarining tafsilotlarini ma’lum qilmagan bo‘lsa - da, Isroil armiyasi 2025 - yilning 10 - oktabridan buyon kuchga kirgan AQSh boshchiligidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzishda davom etmoqda.

Isroil, shuningdek, yakshanba kuni janubdagi G‘azo shahrida tinch aholiga tegishli avtomobilga dron orqali uyushtirilgan hujum oqibatida falastinlik ikki kishining halok bo‘lishi va 13 kishining yaralanishiga sabab bo‘ldi.

Bayonotga ko‘ra kelishuvning muntazam ravishda buzilishi oqibatida 2025 - yilning 11 - oktabrdan buyon falastinlik 1 ming 372 kishi halok bo‘lgan, 4 ming 659 kishi esa yaralangan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra 2023 - yilning 8 - oktabrida boshlangan Isroil genotsidi oqibatida qurbonlar umumiy soni 73 ming 786 nafarga yetgan, yaradorlar soni esa 174 ming 771 nafarni tashkil etgan.

Qurbonlarning ko‘pchiligini ayollar va bolalar tashkil etayotgan bir paytda, Isroil G‘azodagi harbiy bo‘lmagan infratuzilmasining qariyb 90 foizini vayron qilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti esa hududni qayta tiklash xarajatlarini taxminan 70 milliard dollarga baholamoqda.