DUNYO
2 daqiqa o'qish
Rossiya - Ukraina hujumlarida ikki kishi halok bo‘ldi
Rossiya bilan Ukrainaning bir - biriga qarshi uyushtirgan hujumlarida ikki kishi halok bo‘lar ekan, 15 kishi yaralandi.
Rossiya - Ukraina hujumlarida ikki kishi halok bo‘ldi
Rossiyaning hujumlari davom etayotgan bir paytda, Rossiya raketa zarbasiga uchragan oziq-ovqat ishlab chiqarish korxonasi hududida ketayotgan mahalliy fuqaro, Kiyev, Ukraina, 2026-yil 27-oktabr. / Reuters

Rossiya bilan Ukraina rasmiylari seshanba kuni tunda uyushtirilgan hujumlarda kamida ikki kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Rossiya tomonidan tayinlangan gubernatorning aytishicha Simferopoldan Moskvaga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi Ukrainaning Rossiya nazoratidagi Zaporojye viloyatida Ukraina dronlari hujumiga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.

Yevgeniy Balitskiy Rossiyaning Max ijtimoiy tarmog‘i orqali bergan bayonotida: “Simferopol – Moskva yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi avtobusi dushmanning shafqatsiz dron hujumiga uchradi. Avtobusda 31 kishi bor edi, ulardan biri halok bo‘ldi. Hujum Primorsk shahri yaqinida sodir bo‘ldi. Yaralanganlarning barchasi shifoxonaga olib ketildi”, — dedi.

Balitskiy shifoxonada davolanishga ehtiyoji qolmagan yo‘lovchilarga oziq - ovqat va tunash uchun joy ajratilganini bildirdi. “Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari bilan bevosita aloqadaman”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Boshqa tomondan, Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Rossiyaning mamlakat poytaxti Kiyevga uyushtirgan hujumlari oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, 15 kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shinlari tunda quruqlikdan uchiriladigan yuqori aniqlikdagi qurollar va insonszi havo transportlari yordamida Ukrainaning mudofaa sanoati korxonalari, Kiyevdagi transport infratuzilmasi, Xarkov viloyatidagi logistika markazi hamda Ukraina kuchlari manfaatlari yo‘lida foydalanilayotgan dengiz kemalariga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirganini bildirdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra Kiyevdagi nishonlar orasida uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi dronlar ishlab chiqariladigan hamda saqlanadigan sanoat korxonasi, shuningdek, Fire Point kompaniyasining FP-1 va FP-2 rusumli uzoq va o‘rta masofaga uchuvchi dronlari ishlab chiqariladigan va saqlanadigan obyekt hamda Oakline kompaniyasiga tegishli dron yig‘ish ustaxonasi bo‘lgan.

Bundan tashqari, dron yig‘ish ustaxonasi va harbiy yuklarni avtomobil hamda temiryo‘l orqali tashishda foydalanilgani aytilayotgan Yujniy avtomobil - temiryo‘l ko‘prigi ham nishonga olingani qayd etildi.

Vazirlik Xarkov viloyatida esa Ukraina kuchlari uchun mo‘ljallangan materiallar, ikki xil maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar, shuningdek, razvedka va hujum dronlari saqlanib, taqsimlangan “Regional Logistics Center” kompaniyasiga qarashli yuk tushirish va bojxona terminaliga zarba berilganini ma’lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi, shuningdek, Ukraina kuchlari uchun materiallar olib ketayotgan quruq yuk kemasi Ukrainaning Odessa viloyatidagi Chornomorsk porti yaqinida dengizda nishonga olinganini iddao qildi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra tun davomida Rossiyaning 15 ta hududida Ukraina tomonidan uchirilgan 222 ta qanotli dron Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilib, yo‘q qilingan.

Har ikki tomonning da’volari mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmadi.