TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida 5 ta bitim imzolandi
Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida savdo, ijtimoiy ta’minot hamda ishbilarmonlikni qo‘llab - quvvatlashga oid bitimlar imzolandi.
Turkiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida 5 ta bitim imzolandi
_

Bugun Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxt Anqarada uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu uchrashuv ortidan ikki davlat o‘rtasida bir qator kelishuv imzolandi.  

Shu doirada 2022 - yilning 29 – martidagi Turkiya Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida davlat chegaralaridan o‘tuvchi transport vositalari va tovarlar haqida dastlabki ma’lumot almashishga oid protokolga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qo‘shimcha protokolga Turkiya Savdo vaziri O‘mer Bo‘lat bilan O‘zbekiston Tashqi Ishlar vaziri Baxtiyor Saidov imzo chekdi.

Turkiya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Imtiyozli savdo bitimiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi protokol O‘mer Bo‘lat hamda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov tomonidan imzolandi.

Turkiya Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasidagi Ijtimoiy ta’minot to‘g‘risidagi bitimga Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri Vedat Ishikhan hamda Baxtiyor Saidov imzo qo‘ydi.

Mazkur bitimni amalga oshirishga oid Ma’muriy kelishuv ham Vedat Ishikhan va Baxtiyor Saidov tomonidan imzolandi.

Turkiya Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Ishbilarmonlikni qo‘llab - quvvatlash bo‘yicha Oliy darajadagi kengashni tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga esa ikki davlat rahbari — Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.