G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroilning G‘azodagi hujumlarida halok bo‘lganlar soni ortdi
Isroilning G‘azodagi hujumlarida halok bo‘lganlar soni 73 ming 422 nafarga yetdi.
Isroilning G‘azodagi hujumlarida halok bo‘lganlar soni ortdi
_

Isroil armiyasining 2023 - yilning oktabr oyidan beri G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni 73 422 nafarga yetdi.

G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar haqida so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Bayonotda so‘nggi 24 soat ichida G‘azodagi shifoxonalarga 2 nafar halok bo‘lgan va 32 nafar yarador olib kelingani qayd etildi.

G‘azoda 2025 - yilning 10 - oktabrida kuchga kirgan otashkesimdan buyon Isroil hujumlarida 1 ming 288 kishi halok bo‘lgani, 4 ming 290 kishi yaralangani, vayronalar ostidan esa 813 kishining jasadi chiqarilgani bildirildi.

Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida qurbonlar soni 73 ming 422 nafarga, yaralanganlar soni esa 174 ming 401 nafarga yetgani ma’lum qilindi.

G‘azo sektorida vayronalar ostida hali ham minglab jasad borligi ta’kidlanmoqda.