G‘azo Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklarning soni haqida so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay oxirgi 24 soat ichida uyushtirilgan hujumlarda 6 kishi halok bo‘ldi, 36 kishi yaralandi.
Bayonotga ko‘ra vayronalar ostidan 1 kishining jasadi olib chiqilar ekan, avvalgi hujumlarda yaralangan 2 kishi esa hayotdan ko‘z yumdi.
G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish 10 - oktabrda kuchga kirganidan buyon Isroil hujumlarida 1 ming 296 kishi halok bo‘lgani, 4 ming 296 kishi yaralangani, vayronalar ostidan esa 814 kishining jasadi olib chiqilgani bildirildi.
Shuningdek, Isroilning 2023 - yilning oktabr oyidan buyon G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida jami qurbonlar soni 73 ming 431 nafarga, yaradorlar soni esa 174 ming 437 nafarga yetgani ma’lum qilindi.



















