G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
G‘azoda falastinlik yana 2 kishi halok bo‘ldi
G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirgan 2025 - yil 10 - oktabrdan beri falastinlik yana 1 ming 334 kishi halok bo‘ldi.
G‘azoda falastinlik yana 2 kishi halok bo‘ldi
_

Isroil armiyasi tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay G‘azo sektorida falastinliklarga qarshi o‘q uzilishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Ulardan birining yosh bola ekani aniqlandi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra Isroil armiyasi G‘azo sektorining shimolidagi Bayt Lahiya shaharchasida falastinliklarga qarshi o‘q uzgan.

Hujum oqibatida falastinlik 2 kishi halok bo‘lar ekan, ulardan birining yosh bola ekani aniqlandi. Halok bo‘lganlardan tashqari koplab falastinlik yaralanib, shifoxonaga yotqizildi.

Isroil armiyasi G‘azo sektorida kuchga kirgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, hujumlarini davom ettirmoqda.

G‘azodagi Sog‘liqni Saqlash vazirligining so‘nggi bayonotiga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 10 - oktabrda kuchga kirgan. Ana shundan buyon Isroil armiyasi tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 1 ming 334 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 4 ming 400 nafardan ortiq kishi esa yaralandi.

Isroilning G‘azoga 2023 - yilning oktabridan buyon uyushtirgan hujumlarida esa 73 ming 470 kishi halok bo‘ldi, 174 ming 500 nafardan ortiq inson esa yaralandi.