G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil armiyasi falastinlik 50 kishini qo‘lga oldi
Isroil armiyasi G‘arbiy Sohilda uyushtirgan bosqin chog‘ida falastinlik 50 kishini qo‘lga oldi.
Isroil armiyasi falastinlik 50 kishini qo‘lga oldi
_

Isroil armiyasi ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil shaharlarida uyushtirgan bosqinlar chog‘ida falastinlik 50 kishini qo‘lga oldi.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra Isroil askarlari G‘arbiy Sohilning shimolidagi Nablus va janubidagi Bayt Lahm shaharlariga erta tongda bosqinlar uyushtirdi.

Falastinliklarning uylariga majburan kirib, tintuv o‘tkazgan va ichkaridagilarga nisbatan yomon munosabatda bo‘lgan Isroil askarlari Nablusda 9 kishini qo‘lga oldi.

Bayt Lahm shahrida esa Isroil kuchlari falastinlik 7 kishini hibsga oldi. Shuningdek, Salfit shahrining Qarava hududidagi bosqinlarda 4 kishi qo‘lga olindi. Bosqinlar davomida uylarning mebellariga ziyon yetkazgan Isroil askarlari qo‘lga olinganlardan birining avtomobilini ham olib qo‘ydi.

Al - Xalil shahrining g‘arbiy qismidagi Izna hududiga kirish yo‘llarini yopgan Isroil kuchlari ko‘cha va yo‘llarda harbiy mashinalar bilan patrullik qildi.

Isroil askarlari uylariga majburan kirib, tintuvlar o‘tkazdi va odamlarni so‘roq qildi. Tintuv va tik turgan holda so‘roq qilish vaqtida falastinliklarga nisbatan yomon muomala qilgan Isroil askarlari ayrim kishilarni kaltakladi, uylaridagi buyumlarni vayron qildi.

Isroil armiyasi al - Xalilda ham falastinlik 30 kishini qo‘lga oldi. Ulardan birining jurnalist ekani aniqlandi.

Isroil armiyasi bu masala yuzasidan hozircha bayonot bermadi.