«Sinan Erdem» nomidagi sport saroyida o‘tkaziladigan uchrashuv bugun soat 19:00 da boshlanadi. O‘zbek tiliga o‘girganda «To‘r sultonlari» degan ma’noni anglatuvchi «Filenin Sultanlari» degan nom bilan ham tanilgan Voleybol bo‘yicha Turkiya qizlar milliy terma jamoasining ushbu muhim bahsi «TRT 1» telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Mazkur terma jamoa musobaqaning A guruhida Latviya, Polsha, Germaniya, Sloveniya va Vengriya bilan bir guruhdan joy olgan.
TAVSIYA ETILADI
Musobaqadagi ilk uchrashuvda milliy terma jamoa Latviyani 25 - 17, 25 - 16 va 25 - 16 hisoblarida 3:0 mag‘lub etdi.
To‘rtta guruhda 6 tadan jamoa qatnashayotgan turnirda o‘z guruhlarida kuchli to‘rtlikdan joy olgan jamoalar nimchorak finalda kuch sinashadi.


















