Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi O‘nju Kecheli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Srebrenitsa genotsidining asosiy aybdorlaridan biri va «Bosniya qassobi» degan laqab bilan tanilgan Ratko Mladich uchun dafn marosimi o‘tkazilgani yuzasidan bayonot berdi.
Kecheli mavzu haqidagi bayonotida: «Genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari uchun xalqaro sudlar tomonidan qat’iy hukm bilan aybdor deb topilgan Ratko Mladichning dafn marosimidan sodir etilgan og‘ir jinoyatlar va yuz bergan insoniy fojialarni inkor etish vositasi sifatida foydalanilishini qabul qilish imkonisz» - deya ta’kidladi.
«Tinchlik va yarashuv yo‘lidagi sa’y - harakatlarga ziyon yetkazmoqda».
Kecheli sud qarorlarini rad etish yoki hukm qilingan jinoyatchilarni qahramon sifatida ko‘rsatishga urinish tashabbuslari, jabrlanganlar va ularning yaqinlarining dardini yanada chuqurlashtirishini qayd etdi.
Uning ta’kidlashicha, bunday holatlar mintaqada tinchlik va yarashuv yo‘lida yillar davomida qat’iyat bilan olib borilayotgan sa’y - harakatlarga ziyon yetkazmoqda.
Kecheli Bolqonlarning ehtiyoji o‘tmishdan zarur saboq chiqarib, tinch, farovon va mushtarak kelajakni birgalikda barpo etish ekanini bildirdi.
U, avvalo, Srebrenitsa genotsidi qurbonlarini, shuningdek, Bosniya urushi davrida halok bo‘lgan barcha begunoh insonlarni hurmat bilan yodga olishini va ularning yaqinlari dardiga sherik ekanini qayd etdi.

















