ShKTR Bosh vaziri Unal Ustel 30 - avgust kuni Girne sohillari yaqinida cho‘kib ketgan kemani qidirish - qutqarish ishlari davomida yana 2 kishining jasadi topilgani, bu orqali halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetganini ma’lum qildi.
Ustel, Girne sohillari yaqinida cho‘kib ketgan kemaga oid Girne portida uyushtirilgan matbuot anjumanida so‘zga chiqib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Ustel yakshanba kunidan buyon Girne portidan Tashuju tomon yo‘l olayotganda cho‘kib ketgan kemadagi insonlarni topish uchun ShKTR va Turkiyadagi barcha tegishli muassasalar qidiruv - qutqaruv ishlarini davom ettirayotganini ifoda etdi.
Ustel so‘nggi ishlar natijasida yana ikki nafar ayolning jasadi topilganini qayd etib: «Kechqurun olib borilgan ishlar natijasida yana ikki nafar ayolning jasadini topdik. Shu tariqa 554 metr chuqurlikdan chiqarilgan jasadlar soni 4 nafarga yetdi. Halok bo‘lganlar soni 12 nafarga chiqdi» - dedi.
Qidiruv - qutqaruv ishlari davom etayotganini bildirgan Ustel, bedarak yo‘qolgan 16 kishini topish uchun ishlar davom ettirilayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.























