TURK DUNYOSI
2 daqiqa o'qish
Baku shahrining ozod etilganiga 108 yil to‘ldi!
Bakuning ozod etilishi uchun olib borilgan kurashda Kafkaz Islom Armiyasi safidan 1130 askar shahid bo’ldi.
Baku shahrining ozod etilganiga 108 yil to‘ldi!
Boku ozod etilishining 108 yilligi munosabati bilan Turk shahidlar xiyobonida marosim o‘tkazildi

Ozarbayjon poytaxti Baku Kafkaz Islom Armiyasi deb atalgan Usmonli armiyasi tomonidan arman va bolshevik to’dalaridan ozod etilganiga 108 yil to'ldi.

Ozarbayjonliklar 108 yil avval Onado’lidan qardoshlariga yordamga yugurgan “Mehmetchik” (turk askari) va ularning qo'mondoni Nuri Pashani kunimizda ham hurmat bilan yod etishadi.

1918 yil 28 mayda mustaqilligini e'lon qilgan Ozarbayjon ilk kelishuvni Usmoniy davlati bilan imzoladi. Batumda 1918 yil 4 iyunda imzolangan kelishuv Ozarbayjon bilan Usmoniy davlati o'rtasida siyosiy, huquqiy, tijorat va harbiy sohalarda do'stona munosabatlar o'rnatilishini nazarda tutardi.

O'sha kelishuvning 4-maddasiga muvofiq Ozarbayjon ingliz kuchlari hamda arman va bolshevik bandalarining bosqiniga qarshi Usmoniy hukumatidan yordam so'radi. Bu iltimos Usmoniy hukumatida ijobiy qabul qilindi va harbiy vazir Enver Pasha ukasi Nuri Pashani Ozarbayjonga yordamga borishi uchun armiyani tashkil etish vazifasini berdi.

Nuri Pasha Falastin frontidan olib kelingan 106-va 107-piyoda polklari hamda 56-artilleriya polkining qo'shilishi bilan "Kafkaz Islom Armiyasi" deb atalgan armiyani tashkil qilib Ozarbayjonga yo'l oldi.

Kafkaz Islom Armiyasidagi askarlar soni Ozarbayjon kolordusidan yuborilgan 1000 kishilik zaxira bilan 12 mingga yetdi. Armiya yo'lda joylashgan Goychay, Salyan, Agsu va Kurdemirni dushman kuchlaridan tozalagach, 1918-yil 15-sentyabrda 30 soat davom etgan qattiq janglardan so'ng Bakuni ozod qildi.

Usmoniy askarlari Bakulilar tomonidan katta ishtiyoq bilan kutib olindi va shaharda parad o'tkazildi.

Bakuning ozod etilishi uchun olib borilgan kurashda Kafkaz Islom Armiyasi safidan 1130 askar shahid bo’ldi. Ozarbayjonning Baku, Sheki, Shamakhi, Goychay, Kurdemir, Neftchala, Hajikabul va Quba tumanlarida Kafkas Islom Armiyasi shahidlarining qabrlari mavjud.