Prezident Erdo’g‘an Ozarbayjonni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g‘an ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasi orqali qardosh Ozarbayjon xalqini Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy qutladi.
Turkiya rahbari o‘z bayonotida quyidagi ifodalarga o‘rin berdi:
"Do‘st va birodar Ozarbayjonning Mustaqilligini qayta tiklash kuni munosabati bilan o‘z mamlakatim va xalqim nomidan chin qalbimdan tabrik yo‘llayman. Ozarbayjon Prezidenti, qadrli birodarim Ilhom Aliyevga hamda qayg‘u-quvonchda har doim bir bo‘lib kelayotgan barcha ozarbayjonlik turkiy qardoshlarimga o‘z salomlarim va ehtiromimni yetkazaman".
Eslatib o‘tamiz, bugun, 18-oktyabr kuni Ozarbayjonda Davlat mustaqilligini qayta tiklash kuni keng nishonlanmoqda. 1991-yilning ayni shu kunida Ozarbayjon Oliy Kengashi "Ozarbayjon Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida"gi Konstitutsiyaviy aktni qabul qilgan edi.






















