SIYOSAT
2 daqiqa o'qish
Pezeshkiyon: Hujum to‘xtamaguncha qarshilik ko‘rsatishlar davom etadi
Mesud Pezeshkiyon, Eron har doim urushga qarshi ekani ammo lekin hujumlarga qarshi o‘zini himoya qilishni davom etishini qayd etdi.
Pezeshkiyon: Hujum to‘xtamaguncha qarshilik ko‘rsatishlar davom etadi
_

Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyon seshanba kuni bergan bayonotida, Tehron, «hujumchilar» o‘z xatti - harakatlaridan to‘liq pushaymon bo‘lmaguncha hujumlarga qarshilik ko‘rsatishda davom etishini bildirdi.

Pezeshkiyon «X» platformasida e’lon qilgan bayonotida: «Eron har doim urushga qarshi bo‘lib kelgan, xalq manfaatlari va mintaqaviy xavfsizlikni himoya qilish maqsadida urushga gijgijlashdan tiyilishni asosiy tamoyil sifatida belgilagan. Biroq bugungacha hujumlarga qarshi o‘zini jasorat bilan himoya qilganidek, hujumchilar o‘z xatti - harakatlaridan to‘liq pushaymon bo‘lmaguncha bu qarshilikni qat’iyat bilan davom ettiradi va buyuk Eron xalqining huquqlarini himoya qiladi» - deya ta’kidladi.

Pezeshkiyonning ushbu bayonotlari AQSh va Eron o‘rtasida davom etayotgan urush hamda mintaqada kuchayib borayotgan keskinlik sharoitida qayd etildi.

Eron bilan AQSh, Pokiston hamda Qatar o‘rtamchiligidan so‘ng iyun oyida harbiy harakatlarni to‘xtatish va kelgusidagi muzokaralar uchun asos yaratishni ko‘zda tutuvchi anglashuv memorandumini imzolagan edi.

Tehron Vashingtonni ushbu kelishuvni buzish va o‘z majburiyatlarini bajarmaslikda aybladi. Eron rasmiylari keskinlikni kamaytirish uchun AQShning harbiy amaliyotlari va dengiz blokadasi to‘xtatilishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.

Seshanba kuni avvalroq Eron Tashqi Ishlar vaziri Abbos Aroqchi Yaponiya Tashqi Ishlar vaziri Toshimitsu Motegi bilan telefon orqali suhbatlashib, Vashingtonning Islomobod kelishuvi doirasidagi majburiyatlarini bajarishga qaytishi keskinlikni yumshatishga yo‘l ochishini bildirdi.

Aroqchi, shuningdek, Eron bilan Ummon Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan vaqtinchalik o‘tish yo‘nalishini tashkil etish bo‘yicha muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishganini ma’lum qildi.