Filippin Sohil qo‘riqlash xizmati payshanba kuni bergan bayonotga ko‘ra, chorshanba oqshomida mamlakat g‘arbidagi Palavan oroli yaqinida paromda yuz bergan yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi esa bedarak yo‘qoldi.
Sohil qo‘riqlash xizmati Palavanning Koron hududi yaqinida “MV June Aster” kemasida yong‘in chiqqanidan keyin 43 kishi qutqarilganini ma’lum qildi.
Sohil qo‘riqlash xizmati e’lon qilgan tasvirlarda alanga kemaning ayrim qismlarini qamrab olgani va ekipajlar halok bo‘lganlarning jasadlarini maxsus qoplarga joylashtirayotgani ko‘rindi.
Sohil qo‘riqlash xizmati matbuot kotibi komodor Noemi Kayabyab “DZXL” radiosiga bergan intervyusida kema ro‘yxatida 117 yo‘lovchi va 17 nafar ekipaj a’zosi qayd etilganini aytdi.
Kayabyab 80 dan ortiq kishidan xabar olinmayotganini bildirib, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli bu raqamlar o‘zgarishi mumkinligini ta’kidladi.
















