Kanadaning Ontario provinsiyasidagi Bellevil shahrida sinagoga yaqin sodir etilgan qurolli hujum oqibatida bir politsiya xodimi va bir fuqaro yaralandi.
ABC News xabariga ko‘ra, hodisa yakshanba kuni yahudiy jamoasi a’zolari Yom Kippur munosabati bilan to‘plangan paytda Sons of Jacob sinagogi oldida yuz bergan.
Bellevil politsiyasi bayonotida mahalliy vaqt bilan soat 19:00 atrofida sodir bo‘lgan voqeada ikki kishi, jumladan bir politsiya xodimi yaralangani bildirildi.
Guvohlar yaralanganlardan biri hujumda gumon qilinayotgan shaxs ekanini aytdi. Politsiya esa hujumga nima sabab bo‘lgani hamda sinagog yoki yahudiy jamoasi nishonga olingan-olinmagani haqida ma’lumot bermadi.
Yaralanganlar shifoxonaga yotqizildi. Voqea yuzasidan tergov boshlandi.





















