Fox telekanali muxbiri Trey Yingstga intervyu bergan AQSh prezidenti Donald Tramp, Eron AQSh talablarini qabul qilmasa, mamlakatni “havoga uchirish” zarurati tug‘ilishi vaqt masalasi ekanini aytdi.
Tramp Eronni butunlay yo‘q qilish, iqtisodiy tanazzulga yuz tutishiga yo‘l qo‘yish yoki kelishuvga erishish mumkinligini bildirdi.
Bu bayonotlar Tehron ma’muriyatining “AQSh yoki Yaqin Sharqdagi biror davlat xatoga yo‘l qo‘ysa, og‘ir zarbalarga duchor bo‘ladi”, degan ogohlantirishidan so‘ng yangradi.
Shuningdek, AQSh Davlat departamenti mintaqadagi amerikaliklar uchun xavfsizlik ogohlantirishini e’lon qildi.
Eron Inqilobiy gvardiyasi vakili Husayn Muhibbiy esa AQShning Eronga ehtimoliy yangi hujumi haqida: “Agar yangi hujum bo‘lsa, mudofaa va hujum usullarimiz jiddiy ravishda o‘zgaradi. Qurol va urush geografiyasini o‘zgartiramiz”, dedi.
Muhibbiy teleko‘rsatuvda AQSh va Isroilning Eronga yangi hujum uyushtirish ehtimolini baholab, quyidagilarni aytdi:
“Agar yangi hujum bo‘lsa, mudofaa va hujum usullarimiz jiddiy ravishda o‘zgaradi. Qurol va urush geografiyasini o‘zgartiramiz. Yangi imkoniyatlar bilan jihozlangan qurollarni jang maydoniga olib chiqamiz va dunyo hayratda qoladi. Nishonlarimiz avvalgidek bo‘lmaydi. Hali hujum qilinmagan yangi nishonlarni belgiladik.”





















