TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi “Uganda” haqidagi soxta matnni rad etdi
Prezident Administratsiyasi huzuridagi Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi Tashqi ishlar vazirligi logotipi tushirilgan hujjat jamoatchilikni chalg‘itish maqsadida raqamli muhitda qalbakilashtirilganini ma’lum qildi.
Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi “Uganda” haqidagi soxta matnni rad etdi
Turkiya Respublikasi Aloqa boshqarmasining Anqaradagi binosi. / َAA

Turkiya Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi — DMM Uganda Bosh shtabi boshlig‘i haqida Turkiya Tashqi ishlar vazirligining logotipi va rasmiy blankidan foydalanilib, tarqatilgan bayonot soxta ekanini bildirdi.

DMM dushanba kuni bergan bayonotida shunday dedi:

“Tashqi ishlar vazirligi ramzi va rasmiy blankidan foydalanilib, ‘Uganda Bosh shtabi boshlig‘i Muhoozi Kainerugabaning tahdidlari haqida’ sarlavhasi bilan e’lon qilingan matn butunlay soxtadir. Tashqi ishlar vazirligimiz yoki tegishli idoralarimizning veb-saytlari yoxud rasmiy axborot kanallarida bunday bayonot yoki e’lon mavjud emasligi Kampaladagi elchixonamiz tomonidan ma’lum qilindi”.

Bayonotda mazkur asossiz hujjat raqamli vositalar yordamida qalbakilashtirilgani va jamoatchilikni chalg‘itishni ko‘zlagani ta’kidlandi.

Shuningdek, yolg‘on ma’lumotlar va soxta hujjatlar asosida olib borilayotgan bunday dezinformatsiya faoliyatlariga ishonmaslik hamda rasmiy ma’lumotlar uchun faqat Turkiya Respublikasining tegishli rasmiy idoralariga qarashli axborot manbalarini kuzatish so‘raldi.