Pokistonning shimoli-g‘arbidagi Xaybar-Paxtunxva viloyatida juma namozi vaqtida masjid yaqinida yuz bergan portlash oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 15 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Geo News telekanalining xabariga ko‘ra, Xaybar-Paxtunxva viloyatining Kohat tumanidagi Politsiya boshqarmasi hududida joylashgan masjidda portlash sodir bo‘ldi.
Kohat tuman markaziy shifoxonasi bosh shifokori Tohir Ali Shoh portlashda dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 15 kishi hayotdan ko‘z yumgani, jarohatlangan 50 dan ortiq kishi esa davolanishga yotqizilganini ma’lum qildi.
Politsiya rasmiylari juma namozi vaqtida yuz bergan kuchli portlash masjid tashqarisida chuqur hosil qilgani, binoning tashqi qismi jiddiy zarar ko‘rgani va devorlaridan biri qulab tushganini bildirdi.
Hodisadan so‘ng portlash yuz bergan Kohat–Hangu yo‘li transport harakati uchun yopildi, Kohat tuman markaziy shifoxonasida esa favqulodda holat e’lon qilindi.
Hududga qo‘shimcha xavfsizlik kuchlari yuborildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.




















