TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Turkiya Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotda halok bo‘lganlar uchun hamdardlik bildirdi
Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlarining Aktau shahri yaqinida o‘tkazgan harbiy mashg‘uloti paytida yuz bergan fojia qurbonlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Turkiya Qozog‘istondagi harbiy mashg‘ulotda halok bo‘lganlar uchun hamdardlik bildirdi
Turkiyadan Qozogʻistonda harbiy mashgʻulot paytida halok boʻlganlar uchun taʼziya maktubi

Vazirlik xabarida hodisa oqibatidagi inson talafotlari chuqur qayg‘u bilan qabul qilingani aytilib: “Ushbu fojia natijasida halok bo‘lganlarga Allohdan rahmat, ularning yaqinlari va qozoq xalqiga hamdardlik tilaymiz”, deyiladi.

To‘qqiz harbiy xizmatchi halok bo‘ldi

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mashg‘ulotda o‘quv va jangovar vazifalar bajarilayotgan paytda ob-havo to‘satdan yomonlashib, shamol kuchaygan. Natijada 19 nafar harbiy xizmatchi dengizga qulab tushgan.

Hodisada 9 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 3 nafari qutqarilgan. Yo‘qolgan 7 nafar harbiyni topish uchun qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, tegishli bo‘linmalar hududga yuborilgan.