DUNYO
1 daqiqa o'qish
Tramp AQShdagi oraliq saylovlar oldidan so‘nggi mitinglarini bekor qildi
AQSh prezidentining “Safarlardan bezdingizmi?” deb so‘ragan muxbirga keskin javob qaytarishidan so‘ng, Kanzas va Ayovada dam olish kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan mitinglari bekor qilindi
Tramp AQShdagi oraliq saylovlar oldidan so‘nggi mitinglarini bekor qildi
ABD Başkanı Donald Trump

Respublikachilar partiyasi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp oraliq saylovlar oldidan o‘tkazadigan so‘nggi mitinglaridan ikkitasini bekor qildi. Bu qaror Tramp safarlardan charchagan-charchamaganini so‘ragan muxbirga keskin munosabat bildirganidan ko‘p o‘tmay qabul qilindi.

Respublikachilar milliy qo‘mitasi payshanba kuni bergan bayonotida Tramp Kanzas va Ayovadagi tadbirlar o‘rniga turli shtatlarda telefon orqali bir qator virtual mitinglar o‘tkazishini ma’lum qildi.

“Respublikachilarning Kanzas va Ayovadagi mavqeyi kuchli bo‘lgani sababli, bu shtatlarda avval rejalashtirilgan yuzma-yuz mitinglar endi o‘tkazilmaydi”, deyiladi qo‘mita bayonotida.

Trampning saylovoldi so‘nggi mitingi juma kuni Floridada o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Respublikachilar 3-noyabrdagi oraliq saylovlarda Kongress ustidan nazoratni saqlab qolish uchun kurashmoqda.

“Kasal” deb javob berilgan savol

Tramp AQSh tarixida prezident etib saylangan eng keksa shaxs bo‘lishiga qaramay, oktabr davomida deyarli har kuni miting o‘tkazib, nihoyatda tig‘iz va mashaqqatli jadval asosida ishladi.

Payshanba kuni Janubiy Karolinadagi saylovoldi safaridan Vashingtonga qaytayotganida, bir muxbir undan shanba kuni Kanzasda o‘tkazilishi rejalashtirilgan mitingni “safarlardan bezgani uchunmi” bekor qilganini so‘radi. Tramp bu savolga keskin javob berdi.

“Shunday savol beradigan darajada kasalsan. Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Aslida, sen o‘zingni tartibga sol, ko‘rinishing juda yomon”, dedi Tramp.