IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Pezeshkiyan: Eron iqtisodiy bosimlarga taslim bo‘lmaydi
Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan AQSh bilan muammolarni muzokara orqali hal qilishga tayyor ekani ammo iqtisodiy bosimlarga taslim bo‘lmasliklarini bildirdi.
Pezeshkiyan: Eron iqtisodiy bosimlarga taslim bo‘lmaydi
_

Eron Prezidenti Mesud Pezeshkiyan muammolarni hal qilishda o‘zaro muloqot va muzokaralarga tayanishlarini ta’kidlab, iqtisodiy bosimlarga qarshi ham qat’iy turishlarini bildirdi.

Eronning rasmiy IRNA axborot agentligi xabariga ko‘ra Pezeshkiyan Markaziy bankda iqtisodchilar bilan uchrashib, AQSh bilan muammoni diplomatik yo‘l bilan hal qilish imkoniyati va Vashingtonning iqtisodiy bosimlarini muhokama qildi.

Iqtisodiy bosimlar qarshisida ortga chekinmasliklarini ta’kidlagan Pezeshkiyan hukumatning iqtisodiyot sohasidagi tegishli idoralari tomonidan belgilangan choralar amalga oshirilishini bildirdi.

Pezeshkiyan mavzu haqida: «Bizning asosiy tamoyilimiz — muammolarni o‘zaro muloqot va muzokaralar orqali anglash va hal qilish. Shu bilan birga bugungacha bo‘lganidek, bundan keyin ham davom ettiradigan tarzda iqtisodiy bosimlarga qarshi qat’iy turamiz» - dedi.

Eron Prezidenti AQSh 28 - fevralda boshlagan urushda hech narsaga erisha olmaganini ta’kidlab, Eron iqtisodiy bosimlarga ham taslim bo‘lmasligini o‘z so‘ziga ilova etdi.