IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Go‘rgun: Mudofaa sanoati eksporti o‘sishda davom etmoqda
Haluk Go‘rgun Turkiyaning Mudofaa sanoati eksportidagi o‘sish haqida ma'lumot berdi.
Go‘rgun: Mudofaa sanoati eksporti o‘sishda davom etmoqda
_

Mudofaa sanoati rahbari Go‘rgun, Turkiya, mudofaa va aviatsiya sanoati ekotizimi eksportdagi o‘sish sur’atlarini saqlab qolayotganini ta’kidladi.

Go‘rgun iyul oyi ko‘rsatkichlari sohaning muhandislik salohiyatini namoyish etganini bildirib, yilning dastlabki 7 oyidagi natijalar ham e’tiborga molik ekanini qayd etdi.

Mudofaa va aviatsiya sanoati eksporti 2026 - yilning iyul oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,4 foizga oshib; 1,12 milliard dollarni tashkil etganini ma’lum qilgan Go‘rgun mavzu haqida bergan bayonotida:

«Mudofaa va aviatsiya sanoatimiz iyul oyida ham eksportdagi barqaror o‘sishini davom ettirdi. Mudofaa va aviatsiya eksportimiz 2026 - yilning iyul oyida o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 14,4 foizga oshib; 1,12 milliard dollarga yetdi. Yanvar – iyul davrida eksportimiz o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,2 foizga oshib; 5 milliard 787 million dollarni tashkil etdi. So‘nggi 12 oylik eksportimiz esa 11,2 milliard dollar darajasiga ko‘tarildi.

Prezidentimiz janob Rejep Tayyip Erdo‘g‘an rahbarligida muhandislik salohiyatimiz, ishlab chiqarish quvvatimiz va global raqobatbardoshligimizni yanada oshirib, eksportdagi barqaror o‘sishimizni davom ettirmoqdamiz. Eksportda o‘sib borayotgan raqamlar ortida mudofaa sanoati ekotizimimizning umumiy mehnati mujassam. Bu ko‘rsatkichlar Turkiyaning muhandislik qudratining dunyodagi aksidir. Ushbu muvaffaqiyatga hissa qo‘shgan barcha kompaniyalarimizga, muhandislarimizga, texnik xodimlarimizga va hamkorlarimizga minnatdorlik bildiraman» - degan ifodalarga o‘rin berdi.