IQTISODIYOT
1 daqiqa o'qish
Turkiya Venesuelaga 30 tonna insonparvarlik yordami yubordi
Turkiyadan, yer silkinishi voqeasidan ziyon ko'rgan Venesuelaga 30 tonna insonparvar yordami yuborildi.
Turkiya Venesuelaga 30 tonna insonparvarlik yordami yubordi
_

Favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) bayonotiga ko'ra Venesuelada 25 - iyun kuni ro'y bergan 7,2 va 7,5 magnitudali yer silkinishi ortidan Turkiyaning mintaqaga yuborgan insonparvarlik yordami ishlari davom etmoqda.

Prezident Rejep Tayyip Erdo'g'an ko'rsatmalari asosida AFAD muvofiqlashtirishida Venesueladagi faoliyatlarni qo'llab - quvvatlash va Turkiyaning yordam qo'lini muhtojlarga yetkazish maqsadida faoliyat olib borilmoqda.

Ushbu doirada Milliy mudofaa vazirligiga tegishli 2 ta samolyot orqali mintaqaga kerakli insonparvarlik yordami materiallari yuborildi.

Kayseridan yo'lga chiqqan samolyotlar bilan AFAD tomonidan ta’minlangan 275 ta chodir va Sog'liqni Saqlash vazirligi tomonidan ta’minlangan 7 tonna tibbiy materialdan iborat jami 30 ton insonparvarlik yordami Venesuelaga yetkazib berildi.