Turkiya, Qatar va Misr kabi o‘rtamchi davlatlar sifatida Isroilning G‘azo hududida davom etayotgan qonunbuzarliklari yuzasidan qo‘shma bayonot e’lon qildi.
Bayonotga ko‘ra Turkiya, Qatar va Misr o‘rtamchi davlatlar sifatida G‘azo sektorida davom etayotgan, ayniqsa sog‘liqni saqlash muassasalari va tibbiy infratuzilmani nishonga olayotgan, ayollar va bolalar hamda boshqa tinch aholi orasida qurbonlarga sabab bo‘layotgan, xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquqning ochiq - oydin buzilishi hisoblangan Isroil harakatlarini keskin qoraladi va qoralovchi munosabat bildirdi.
Nomi tilga olingan davlatlar, ayniqsa Hamas va Falastin guruhlari yo‘l xaritasini, xususan qurollarni cheklashga oid bandni qabul qilganini e’lon qilganidan keyin ham ushbu qonunbuzarliklarning davom etayotgani kelishuvning buzilishi ekaniga va kelishuvning ikkinchi bosqichini amalga oshirish sa’y - harakatlariga putur yetkazayotganiga e’tibor qaratdi.
Shuningdek, ular Isroil xalqaro huquq doirasidagi barcha majburiyatlariga rioya qilishi va o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasidagi majburiyatlarini to‘liq bajarishi kerakligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, o‘rtamchi davlatlar ushbu qonunbuzarliklar keskinlikni kamaytirish jarayoniga tahdid solayotgani va G‘azo sektoridagi tinch aholining azob - uqubatlarini yanada kuchaytirayotganidan ogohlantirdi.
Ular tinch aholi, sog‘liqni saqlash muassasalari va gumanitar yordam xodimlarining to‘liq himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek G‘azo sektorining barcha hududlariga gumanitar yordam va tibbiy vositalarning uzluksiz yetkazib berilishini kafolatlash bo‘yicha chaqiriqlarini takrorladi.
O‘rtamchi davlatlar xalqaro hamjamiyatni AQSh Prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasini yakunlashga imkon yaratadigan tarzda, Isroilning xalqaro huquq va o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasidagi majburiyatlarini bajarishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga va zarur bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Shuningdek, ular Trampning ikkinchi bosqichga oid yo‘l xaritasi bo‘yicha kelishuvga erishilishini “tarixiy kelishuv” deb baholaganiga e’tibor qaratdi.
O‘rtamchi davlatlar G‘azo sektorida o‘t ochishni butunlay to‘xtatish va insoniy azob -uqubatlarni tugatishga qaratilgan barqaror keskinlikni kamaytirish jarayoniga putur yetkazilishining oldini olish zarurligini bildirdi.



















