TURKIYA
2 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an Isroilni Yaqin Sharqdagi tinchlik sa’y - harakatlarini buzishda aybladi
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan so‘zlagan nutqida, Isroilni, Yaqin Sharqdagi tinchlik sa’y - harakatlarini buzishda aybladi.
Erdo‘g‘an Isroilni Yaqin Sharqdagi tinchlik sa’y - harakatlarini buzishda aybladi
_
7 соат олдин

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an davom etayotgan diplomatik urinishlarga qaramay Yaqin Sharqdagi urush tufayli qurbonlar soni o‘sayotganiga e’tibor qaratgan holda Isroilni tinchlik tashabbuslarini to‘sishda aybladi.

Dushanba kuni (06.04.2026) poytaxt Anqarada Prezidentlik majmuasida bo‘lib o‘tgan Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan nutq so‘zlagan Erdo‘g‘an mavzu haqida shunday dedi:
«Isroil hukumati urushni to‘xtatishni ko‘zlagan barcha tashabbuslarni sabotaj qilmoqda» - dedi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zida shuningdek: «Agar qurol ovozlarini to‘xtatish va muzokaralar uchun igna uchidek imkon bo‘lsa ham, biz undan foydalanishga harakat qilamiz. Bundan maqsadimiz — butun insoniyat uchun noqonuniy, ma’nosiz, g‘ayrishar’iy va nihoyatda qimmatga tushayotgan bu urushning imkon qadar tezroq yakunlanishidir» - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Shuningdek, Erdo‘g‘an Turkiya o‘t ochishni to‘xtatish (sulh)ni ta’minlash uchun diplomatik aloqalarni kuchaytirayotganini bildirdi. «Urush cho‘zilgan sari, uning olovi boshqa davlatlarga ham tarqalishi mumkinligi haqida ogohlantirdik. Mojaroning 38 - kunini ortda qoldirar ekanmiz, afsuski, mintaqamiz uchun shu xavotirlar haligacha davom etmoqda» - dedi u.

Erdo‘g‘an: «Ortib borayotgan xatarlar qarshisida, bir tomondan men Prezident sifatida, boshqa tomondan vazirlarimiz diplomatik aloqalarimizni jadallashtirmoqdamiz» - dedi va Isroilning al - Aqsoni yopiq tutishi, falastinlik mahbuslar uchun o‘lim jazosi joriy etishga urinishi hamda Livan bilan Suriyada keskinlikni kuchaytirishi orqali taranglikdan oziqlanayotganidan dalolat berishini ta’kidladi.

Prezident Erdo‘g‘an, shuningdek, mintaqadagi so‘nggi voqealar ichki birlik va birdamlikni mustahkamlash maqsadida boshlangan «Terrorsiz Turkiya» jarayonining ahamiyatini yana bir bor namoyon etganini qayd etdi.

Erdo‘g‘an: «Turklar, kurdlar, arablar va forslar o‘rtasiga devorlar qo‘yishga urinilayotgan bir davrda terrorsiz Turkiya va terrorsiz mintaqa haqidagi ko‘z qarashimiz bilan bu o‘yinlarni barbod qilishimiz mumkin» - dedi.