Iroq Eron va Saudiya Arabistoniga «Qo‘shma xavfsizlikni muvofiqlashtirish kengashi» tuzishni taklif qilganini ma’lum qildi.
Iroq Bosh vazirining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Qosim al - Arajiy davlat televideniyesi «al - Iroqiyya»ga bergan intervyusida mamlakatining Tehron va ar - Riyod ma’muriyatlariga qaratilgan yangi diplomatik tashabbusi haqida ma’lumot berdi.
Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor qaratgan Arajiy: «Eron va Saudiya Arabistoniga qo‘shma xavfsizlikni muvofiqlashtirish kengashini tuzish bo‘yicha taklif berdik. Ikki davlat o‘rtasidagi asosiy muammo ishonch inqirozidan kelib chiqmoqda» - dedi.
Arajiy taklif tafsilotlariga oid ma’lumot bermadi. Eron va Saudiya Arabistoni rasmiylari tomonidan esa bu masala yuzasidan hozircha hech qanday rasmiy bayonot berilmadi.
















