TURKIYA
1 daqiqa o'qish
Erdo‘g‘an bilan Takaichi Turkiya - Yaponiya munosabatlarini qo‘lga oldi
Prezident Erdo‘g‘an Yaponiya Bosh vaziri Takaichi bilan telefon orqali muloqot qildi.
Erdo‘g‘an bilan Takaichi Turkiya - Yaponiya munosabatlarini qo‘lga oldi
_

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an Yaponiya Bosh vaziri Takaichi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida, Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra mazkur uchrashuv chog‘ida, liderlar, Turkiya bilan Yaponiyaning ikki tomonlama munosabatlari hamda mintaqaviy va global masalalarini muhokama qildi.

Prezident Erdo‘g‘an suhbat chog‘ida Turkiya Yaponiya bilan munosabatlarni barcha sohalarda, ayniqsa, mudofaa sanoati, investitsiyalar va savdo sohalarida rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirishini ta’kidladi.

Prezident, shuningdek, Turkiya Eron va AQSh o‘rtasidagi mojaroni hal etishning yagona yo‘li muzokaralar ekanini ta’kidlagan holda barqaror tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash uchun diplomatik sa’y - harakatlarni qo‘llab - quvvatlashini qayd etdi.

Prezident Erdo‘g‘an suhbat davomida, shuningdek, o‘tgan oy Kumamoto shahrida yuz bergan yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar munosabati bilan Yaponiya Bosh vaziri Takaichiga yana bir bor hamdardlik bildirdi.