DUNYO
1 daqiqa o'qish
Ukraina: “Rossiyaning tungi havo hujumlarida 4 kishi halok bo‘ldi”
Odessa portida fuqarolik kemasi zarbaga uchragani ma’lum qilindi
Ukraina: “Rossiyaning tungi havo hujumlarida 4 kishi halok bo‘ldi”
(ARXIV) "Rossiyaning Donetsk va Sumiga uyushtirgan havo hujumlarida 4 kishi halok bo'ldi"

Rossiya armiyasining kecha tunda Ukrainaning turli hududlariga uyushtirgan havo hujumlarida 4 kishi halok bo‘lgani bildirildi.

Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati (DSNS) yozma bayonotida Rossiya tunda mamlakatga havo hujumlari uyushtirganini ma’lum qildi.

Bayonotda Donetsk viloyatiga uyushtirilgan hujumda 2 kishi halok bo‘lgani va yana 2 kishi jarohatlangani qayd etildi.

Rossiya kuchlari Sumi shahrini ham nishonga olgani, ushbu hujum oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va 1 kishi jarohatlangani bildirildi.

Togo bayrog‘i ostidagi fuqarolik kemasiga hujumda 4 kishi jarohatlandi

Ukrainaning Odessa viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Rossiya armiyasi tunda hududdagi port infratuzilmasiga havo hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.

Kiper hujum oqibatida portdagi kema shikastlanganini bildirib, shunday dedi:

“Togo Respublikasi bayrog‘i ostida suzuvchi fuqarolik kemasi shikastlandi. Afsuski, 4 kishi jarohatlandi. Ulardan uch nafari shifoxonaga yotqizildi, birining ahvoli og‘ir”.

Rossiya armiyasi 128 ta qurolli dron bilan hujum qildi

Ukraina Qurolli kuchlari Havo kuchlari qo‘mondonligi yozma bayonotida Rossiya armiyasi kecha tunda Ukrainaning turli hududlariga 128 ta qurolli uchuvchisiz uchish apparatini uchirgani, ulardan 106 tasi zararsizlantirilgani bildirildi.