DUNYO
2 daqiqa o'qish
Germaniyada issiq havo 12,5 ming kishining umriga zomin bo‘ldi
Germaniyada 2026 - yili o‘ta issiq havo yuzasidan qariyb 12 ming 500 kishi vafot etdi. Halok bo‘lganlarning yirik qismini keksalar tashkil etdi.
Germaniyada issiq havo 12,5 ming kishining umriga zomin bo‘ldi
_

Germaniyada joriy yilda o‘ta issiq havo bilan bog‘liq holda vafot etganlar soni qariyb 12 ming 500 nafarga yetgani ma’lum qilindi.

Robert Kox instituti (RKI) 2 - avgustgacha o‘ta issiq havo bilan bog‘liq o‘limlar yuzasidan hisobot e’lon qildi.

Hisobotda 2026 - yilning 15 - haftasidan 31 - haftasigacha mamlakatda o‘ta issiq havo sabab qariyb 12 ming 500 kishi vafot etgani qayd etildi.

So‘nggi 10 yilda, ayniqsa, 2018 va 2019 - yillarda o‘ta issiq havo tufayli vafot etganlar soni yuqori bo‘lgani ta’kidlangan hisobotda; 2018 - yilda 9 ming 400, 2019 - yilda esa 7 ming 700 kishi hayotdan ko‘z yumgani eslatildi.

Ota issiq havo, ayniqsa, keksalarga ta’sir qilmoqda

Hisobotda o‘ta issiq havodan, ayniqsa, keksalar ko‘proq ziyon ko‘rayotganiga e’tibor qaratilib, joriy yil 2 - avgustgacha issiq havo tufayli vafot etganlarning 6 ming 270 nafari 85 yoshdan oshganlar ekani bildirildi.

Hisobotda joriy yilda o‘ta issiq havo tufayli vafot etganlarning 1 ming 900 nafari 65 – 74 yoshda, 3 ming 110 nafari esa 75 – 84 yoshda bo‘lgani qayd etildi.

Mazkur davrda Yevropada kuzatilgan issiq havo to‘lqini Germaniyaga ham ta’sir ko‘rsatgan. 28 - iyun kuni Brandenburg federal yeridagi Oder - Shpre hududining Neyssemunde munitsipalitetiga qarashli Koshen tumanida havo harorati 41,7 daraja selsiyga yetib, harorat rekordi qayd etilgan.

RKI tomonidan 9 - iyul kuni e’lon qilingan hisobotda 2026 - yilning 15 - haftasidan 26 - haftasigacha mamlakatda o‘ta issiq havo bilan bog‘liq holda qariyb 5 ming 120 kishi vafot etgani ma’lum qilingan edi.