Rossiya bilan Ukraina bugun (13.08.2026), o‘tgan oydan beri ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan shu kabi almashinuvlarning navbatdagisi doirasida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlarini bir - biriga qaytarib berdi.
Rossiya Davlat Dumasi deputati Shamsail Saraliyev RBK axborot agentligiga bergan bayonotida Moskva 261 nafar ukrainalik harbiyning jasadini qaytargani, Kiyev esa 24 nafar rossiyalik harbiyning jasadini qaytarib berganini ma’lum qildi.
Ukrainaning Harbiy asirlar masalalari bo‘yicha muvofiqlashtirish markazi keyinchalik almashinuvni tasdiqlab, Telegramdagi bayonotida “Rossiya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, ukrainalik harbiylarga tegishli bo‘lgan” 261 ta jasad mamlakatga qaytarilganini bildirdi.
Bayonotda, shuningdek, “Jasadlarni qaytarish jarayonini osonlashtirish va qo‘llab -quvvatlashga qo‘shgan hissasi uchun Xalqaro Qizil xoch qo‘mitasiga samimiy minnatdorligimizni bildiramiz”, - deyiladi.
Rossiya bilan Ukraina o‘rtasidagi bu boradagi so‘nggi almashinuv 16 - iyul kuni amalga oshirilgan bo‘lib, o‘shanda Moskva Ukrainaga 501 ta, Kiyev esa Rossiyaga 31 ta harbiy jasadni qaytargan edi.















