Eronning rasmiy IRNA axborot agentligi xabariga ko‘ra Aroqchi, Sog‘liqni Saqlash vazirligida o‘tkazilgan marosimda nutq so‘zladi.
Mamlakati AQSh va Isroil hujumlari bilan boshlangan urushda o‘zini namoyon qilgani va «yengilmas kuch» ekanini ko‘rsatganini ta’kidlagan Aroqchi mavzu haqida:
«Boshqa davlatlar rasmiylaridan ‘eronliklar mo‘jiza yaratdi va butun dunyoni hayratda qoldirdi’ degan gaplarni bir necha bor eshitdim. Hech kim Eron AQShga bunday qarshilik ko‘rsatishini va oxir - oqibat dushmanni muzokaralar talab qilishga majbur etishini o‘ylamagandi» - dedi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp urush boshida Eronga «so‘zsiz taslim bo‘lish»ga chaqirganini yodga solgan Aroqchi: «o‘sha dushman 20 kundan keyin muzokaralar o‘tkazishni yalvarib so‘rayotgan edi» - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Aroqchi: «Eron xalqi diplomatiya sohasida o‘z huquqlarini qanday himoya qilishni ko‘rsatdi. Buni turli rasmiylardan eshitdim, ular ‘sizlar ham urushda, ham diplomatiyada g‘alaba qozondingiz’, deyishmoqda» - deya baho berdi.























