Gretsiyaning sobiq bosh vazirlaridan Aleksis Tsipras, Economist jurnali tomonidan Gretsiyada uyushtirilgan panellardan birida kun tartibiga oid bayonot berdi va unda: "So‘nggi paytlarda yuz bergan voqealar ham Yevropa hamda milliy xavfsizlik ustidan katta xavotir uyg‘otmoqda. " - dedi.
Kiriakos Mitsotakis hukumatini ko‘p qirrali tashqi siyosatdan voz kechib, "ochiq chek" siyosatiga o‘tish bilan tanqid qilgan Tsipras, AQSh Jo Bayden boshchiligida bo‘lgan davrda muhalif bo‘lgan Mitsotakisning o‘sha paytda hokimiyatda bo‘lgan shahxsini "Trampchi" deb atashga yetadigan darajada "ortiqcha harakatlari" borligini ta’kidladi.
Tsipras, "Bugungi kunda F - 35lar, F - 16lar, Eurofighterlar, AQSh samolyot dvigatellari Turkiyaga berilmoqda va bizning Cho’ban oroliga kabel tortish imkoniyatimiz yo‘q. Vaziyat shunday, milliy xavfsizligimiz xavf ostida" - dedi.
O‘zining bosh vazirlik davrida Suda harbiy bazasini 5 yilga foydalanish huquqi evaziga AQShdan talablar qo‘yganini bildirgan Tsipras, Mitsotakisga esa ushbu foydalanish huquqini Dedeag’achni ham o‘z ichiga olgan 6 xil baza uchun muddatsiz berish bilan aybladi.
Tsipras, Turkiyaning F - 35 olishiga oid Trampdan kelgan ijobiy bayonotlarni "Men uni milliy mag‘lubiyat deb atayman" - degan so’zlar bilan ifoda etib; Turkiyaning F - 16, F - 35, Eurofighter kabi samolyotlarni olishi, Liviya bilan dengiz vakolatlari hududlarini belgilash maqsadida bitimlar tuzishi kabi bir qator yutuqlarga erishganini ta’kidladi.
















