SIYOSAT
1 daqiqa o'qish
Livan parlamenti o‘lim jazosini bekor qilishni ma’qulladi
Livanda o‘lim jazosi oxirgi marotaba 2004 - yili ijro etilgan edi.
Livan parlamenti o‘lim jazosini bekor qilishni ma’qulladi
_

Livan parlamenti mamlakatda o‘lim jazosini to‘liq bekor qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Livan rasmiy agentligi NNA xabariga ko‘ra parlament o‘lim jazosini bekor qilish va uning o‘rniga umrbod qamoq jazosini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.

Adliya vaziri Adil Nassar qonunning parlament tomonidan qabul qilinishini «tarixiy qadam» deb atar ekan, o‘lim jazosining bekor qilinishi «jinoyatga nisbatan murosaga borish degani emasligini» ta’kidladi.

Mamlakatda o‘lim jazosi oxirgi marta sobiq prezident Emil Lahud davrida, 2004 - yili ijro etilgan. Ta’lim vazirligida ishlagan bir xodim ta’til talabining rahbari tomonidan rad etilishi ortidan kelib chiqqan shaxsiy kelishmovchilik ortidan 11 nafar hamkasbini o‘ldirishda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm qilingan va qatl etilgan edi.