G'AZODA URUSH
1 daqiqa o'qish
Isroil falastinlik 13 yoshli qizaloq umriga zomin bo‘ldi
Isroil, o‘tgan yilning oktabr oyida erishilgan sulhga qaramay hujum uyushtirishni davom ettirmoqda.
Isroil falastinlik 13 yoshli qizaloq umriga zomin bo‘ldi
_

G‘azo sektorida Isroil armiyasi tomonidan o‘q uzilishi oqibatida tan jarohati olgan falastinlik 13 yoshli qizaloq, Saba Hashhash vafot etdi.

Tibbiyot manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra falastinlik qizaloq ikki kun avval G‘azo sektorining janubidagi Xon Yunus shahrining Mavasi hududida Isroil askarlari tomonidan o‘q uzilishi natijasida boshidan yaralangan.

13 yoshli qizaloq davolanayotgan shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

Isroil armiyasi G‘azodagi ko‘plab hududni nishonga oldi

Ayni paytda, Isroil armiyasi G‘azo sektorining turli hududlariga qarshi artilleriya zarbalari bergani va qurolli hujumlar uyushtirgani bildirildi.

Guvohlarning aytishicha, Xon Yunus shahrining janubidagi Tina ko‘chasi atrofiga kuchli artilleriya zarbalari berilgan. Isroil tanklari esa shaharning janubidagi Kizan Rashvan hududida kuchli o‘q uzgan.

Shuningdek, Isroil harbiy katerlari G‘azo shahrining sohilbo‘yi hududlarini nishonga olgani bildirildi.

Isroil oktabr oyida erishilgan sulhga qaramay davom ettirayotgan hujumlar, G‘azoda haligacha insonlarning hayotiga zomin bo‘lmoqda.