Quddus hokimligi: Isroillik radikal guruhlar politsiya himoyasi ostida al - Aqso jome’ masjidiga bostirib kirdi.
Quddus hokimligi bayonotiga ko‘ra isroillik radikal guruhlar Isroil politsiyasi himoyasi ostida al - Aqso jome’ masjidi hududiga bostirib kirgan.
Ma'lum qilinishicha, Isroil politsiyasi bir guruh tarkibidagi insonlar sonini 150 nafargacha oshirishga ruxsat berishi ortidan al - Aqso hududiga bostirib kirgan isroilliklar soni 1 ming 300 nafardan oshgan. Shu bilan birga, isroilliklar jome’ masjidi hududiga kirishda davom etayotgani qayd etildi.
Shuningdek, Isroil politsiyasi al - Aqso jome’ masjidi darvozalari va Qadimiy shahar atrofi bo‘ylab xavfsizlik choralarini kuchaytirgani hamda musulmonlarning ibodat qilish uchun masjidga kirishiga to‘sqinlik qilgani bildirildi.
Bayonotda bomdod namozi vaqtida juda oz sonli musulmonlargina al - Aqso jome’ masjidiga kira olgani, Isroil politsiyasi esa ayrim musulmonlarni kaltaklagani qayd etildi.
Bundan tashqari, Isroil xavfsizlik kuchlari al - Aqso jome’ masjidi hovlisida keng ko‘lamda joylashtirilgani ma'lum qilindi.
Bayonotga ko‘ra, radikal isroilliklar al - Aqso hovlisida diniy marosimlar o‘tkazgan. Shuningdek, masjid hududiga bostirib kirgan ekstremistik guruhlar 5 ming kishini jalb etish maqsadida al - Aqsoga ommaviy bostirib kirishga chaqiriq bilan chiqqani bildirildi.
Bostirib kirish aksiyasida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning Likud partiyasidan deputat Amit Halevi ham ishtirok etgani qayd etildi.
Falastin hududlarini noqonuniy egallab olgan isroillik ko‘chmanchilar yahudiylarning Tisha B'Av diniy kuni munosabati bilan al - Aqso masjidiga keng ko‘lamli bostirib kirishga chaqirgan edi.



















