DUNYO
1 daqiqa o'qish
Hamas Xalil al-Hayyani siyosiy byuro raisi etib tayinladi
Xalil al-Hayya 2024-yil oktabr oyida Isroil tomonidan o‘ldirilgan Yahyo Sinvarning o‘rnini egallaydi.
Hamas Xalil al-Hayyani siyosiy byuro raisi etib tayinladi
Hayya bundan avval, harakatning 2021-yildagi ichki saylovlaridan so‘ng Hamasning Arab va islomiy aloqalar bo‘limiga rahbarlik qilgan. / AA

Falastinning qarshilik harakati – Hamas o‘zining yuqori martabali a’zosi Xalil al-Hayyani 2024-yil oktabr oyida G‘azoda Isroil kuchlari tomonidan o‘ldirilgan Yahyo Sinvar o‘rniga siyosiy byuro raisi etib tayinladi.

Harakat dushanba kuni e’lon qilgan qisqa bayonotida al-Hayya Sinvarning o‘rniga “harakat siyosiy byurosining raisi etib saylangani” ma’lum qilindi.

Al-Hayya Hamasning eng ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri sifatida tanilgan.

Isroil Sinvarni o‘ldirganidan so‘ng, Al-Hayya 2024-yil oktabr oyida G‘azodagi harakat rahbarligini o‘z zimmasiga olgan edi. Bungacha u Sinvarning o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Al-Hayya 2021-yilda o‘tkazilgan ichki saylovlardan so‘ng Hamasning Arab va Islom aloqalari boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan edi.

1960-yilda tug‘ilgan Al-Hayya 1997-yilda Sudandagi Qur’oni Karim universitetida Payg‘ambar sunnati va hadis ilmlari yo‘nalishi bo‘yicha doktorlik darajasini olgan. U 2006-yilda G‘azo shahri vakili sifatida Falastin Qonunchilik kengashiga saylangan.

2007-yil 20-may kuni Isroil kuchlari G‘azo shahrining sharqida uning oila a’zolari to‘plangan joyni bombardimon qilishi oqibatida Al-Hayyaning sakkiz nafar qarindoshi, jumladan bir necha aka-ukasi va o‘g‘illari halok bo‘lgan. Ushbu hujum Al-Hayyaga qarshi suiqasd urinishi sifatida amalga oshirilgan edi.

2023-yil oktabr oyidan buyon G‘azoda 73 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, 173 mingdan ziyod kishi esa yaralandi.