Turkiya Milliy Mudofaa vazirligi Yevropa parlamentida qabul qilingan Kipr bo‘yicha qarorga keskin munosabat bildirdi. Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda shunday deyiladi:
“Kipr turk xalqi orolda muntazam ravishda duch kelgan hujumlar, qatliomlar va majburiy ko‘chirishlar ortidan ularni yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qolgan 1974 - yilgi Tinchlik amaliyoti haqida Yevropa parlamenti tomonidan qahramon Turk Qurolli Kuchlariga qarshi ilgari surilgan asossiz, mantiqsiz va pastkashona iddaolar hamda qabul qilingan qarorni qat’iyan rad etamiz”.
Vazirlik bayonotida yana quyidagi fikrlar keltirilgan:
“Kipr turk xalqi boshidan kechirgan qatliomlar, ommaviy qabristonlar va yillar davom etgan g‘ayriinsoniy hujumlarni e’tibordan chetda qoldirgan ushbu qaror Yevropa parlamentidagi mantiqsiz yondashuv va Kiprning grek qismi targ‘ibotiga asoslangan bir tomonlama munosabatning yaqqol ifodasidir.
1963 - yildan boshlab Enosis maqsadi yo‘lida 103 ta turk qishlog‘ini vayron qilgan, qariyb 30 ming nafar Kipr turkini o‘z yurtidan quvib chiqargan EOKA terror tashkiloti tomonidan begunoh ayollar, bolalar va keksalar qatl etilgan. /…/. Turkiya kafolat beruvchi davlat sifatida xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan qonuniy huquq va vakolatlari doirasida Kipr turk xalqining o‘rni va xavfsizligiga ko‘z tikkan hujumlarni Kipr Tinchlik amaliyoti orqali to‘xtatgan, Kipr turk xalqini yo‘q bo‘lib ketishdan saqlab qolgan hamda orolda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlagan. Turk harbiylarining oroldagi o‘rni yarim asrdan ortiq vaqt davomida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib kelmoqda.
Turkiya Respublikasi kafolat beruvchi davlat sifatida Shimoliy Kipr Turk Respublikasini, Kipr turk xalqining huquqlari, manfaatlari va xavfsizligini shu paytgacha bo‘lgani kabi bundan keyin ham ta’minlashda davom etadi.
Turk Qurolli kuchlari Kipr turk xalqining xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday dushmanona harakatga zarur javob qaytarishda bugungi kunda har qachongidan ham qarorlidir”.
















