TURK DUNYOSI
1 daqiqa o'qish
Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘on Qatarga tashrif buyuradi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qatar Davlati Otasi Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soni vafoti munosabati bilan Qatarga ta’ziya tashrifi bilan boradi.
Turkiya Prezidenti Erdo‘g‘on Qatarga tashrif buyuradi
(ARXIV) Erdogʻan taʼziya bildirish uchun Qatarga bormoqda

Turkiya Prezidentligi tomonidan mavzuga doir berilgan bayonotda:

“Prezidentimiz Janob Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qatar Davlati Otasi Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Sonining vafoti munosabati bilan 2026-yil 14-iyul kuni Qatarga ta’ziya tashrifi bilan boradilar”, — deyiladi.

Uzoq vaqt davomida davolanib kelgan Qatarning sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soni kecha 74 yoshida vafot etdi. U Doha shahridagi Lusayl qabristoniga dafn qilindi.

Shayx Hamadning vafoti munosabati bilan Qatar bo‘ylab 4 kunlik rasmiy motam e’lon qilindi.

1995–2013-yillarda Qatar amiri lavozimida faoliyat yuritgan Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soni 2013-yilda hokimiyatni o‘g‘li Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniga topshirgan edi.