DUNYO
1 daqiqa o'qish
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
AQSh Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan munosabatlari yaxshi ekanini ta’kidlab: “U bilan samarali muzokaralar o‘tkazdim. Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”, dedi.
AQSh Prezidenti Tramp: “Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”
AQSh prezidenti Tramp: "Rossiya NATO hududlariga hujum qilmaydi"

Donald Tramp Oq uyda, Oval kabinetda jurnalistlarning kun tartibiga oid savollariga javob berdi.

Tramp Rossiyaning NATO hududiga hujum qilishi ehtimoli haqidagi munozaralarga to‘xtalib, Moskva bunday qadam tashlaydi, deb o‘ylamasligini ta’kidladi.

AQSh Prezidenti bu masaladagi savolga:

“Putin bilan samarali muzokaralar o‘tkazdim. Rossiya NATO hududiga hujum qilmaydi”, deb javob berdi.

Tramp Rossiya bilan Eron o‘rtasida “yadroviy dastur” bo‘yicha o‘tkazilgani aytilgan so‘nggi muzokaralarni ham sharhlab, bu masalada Moskvaga qarshi sanksiya joriy etilishi mumkinligini istisno qilmadi.

Sanksiyalar haqidagi qaror “vaziyatga bog‘liq” ekanini aytgan AQSh Prezidenti bu jarayonni yaqindan kuzatib borishlarini bildirdi.

Tramp, shuningdek, AQSh nima uchun Eron bilan yaqin aloqada ekani aytilayotgan Xitoy banklariga sanksiya qo‘llamayotgani haqidagi savolga:

“Qo‘llamaganimni qayerdan bilasiz? Qilgan har bir ishimni sizlarga tushuntirishim shartmi?” deb javob berdi.